Uy sharoitida qazg‘oqni yo‘qotish usullari!

Foydali maslahatlar

Uy sharoitida qazg‘oqni yo‘qotish usullari!

➥ Aspirin. Ikkita aspirin tabletkasini maydalab, shampun bilan aralashtiring. So‘ngra sochlaringizga ushbu shampunni surib, 2 daqiqadan so‘ng yuvib tashlang.

Ichimlik sodasi. Sochingizni namlang, so‘ng bosh terisiga ichimlik sodasini surting. Bir necha daqiqadan so‘ng yuvib tashlang.

Limon sharbati. 2 choyqoshiq limon sharbatini bosh terisiga surting, bir necha daqiqaga qoldiring, keyin yuvib tashlang.

Zaytun moyi. Bir necha tomchi zaytun moyini bosh terisiga surting, sochlaringizni o‘rab, imkon qadar uzoqroq muddat kuting, so‘ngra shampun bilan yuvib tashlang.