Ismlar manosi

Ismlar manosi

Ali

Eng yuksak, eng ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad(sollallohu alayhi vasallam)Payg‘ambarning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir.
Shakllari: Mirali, Alijon, Alibek, Alixon, Erali, Saidali, Mirzoali, Norali, Boyali, Jonali, Yorali, Madali, Og‘ali, Sirali, Nurali, Elali, Oyali, Aliboy, Eshali, Aliyor

Abdulloh

Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning otalarining ismi
Shakllari: Abdulla, Abdullajon, Abdullaxon, Mirabdulla.

Abubakr

Aynan: “bo‘taloqning onasi” yoki aybsiz, gunohsizning, rostgo‘yning otasi. Ba’zilar Abubakr ismi “Tong otasi ” deb izohlaydi. Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) bilan birga namoz o‘qigani uchun Bakr shu laqabni olgan.
Shakllari: Abubakir, Bakir, Bakirullo, Abubakrxon.

Aziz

Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Alloh nomi ila bog‘liq.
Shakllari: Azizbek, Azizjon, Miraziz, Saidaziz, Shoaziz, Azizxon, Azizmirzo.

Amir

Hokim, hukmron, yo‘lboshchi yoki Amr – hayot, tiriklik.
Shakllari: Amiriddin, Amirullo, Amirbek, Amirxon, Amirjon.

Ayub

O‘kinuvchi, afsuslanuvchi, pushaymon qiluvchi. Bu ism Ayyub payg‘ambarning nomidir. Ba’zi adabiyotlarda Ayyub – sabrli, chidamli; hurmatli yoki tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi deb ham izohlanadi
Shakllari: Ayyub, Ayubxon, Ayubbek, Mirayub, Ayubjon

Abduaziz

Izzat va kuch-qudrat sohibi bo‘lgan g‘olib Allohning bandasi, itoatkor quli
Shakllari: Abduazizbek, Abdulaziz, Abduazizxon

Akbar

Ulug‘, ulkan, buyuk, hurmatli, obro‘-e’tiborli, odamlar nazarida bo‘lgan, mo‘’tabar, aziz.
Shakllari: Akbarxon, Akbarbek, Akbarshoh, Akbarali, Akbarxo‘ja, Shoakbar, Hojiakbar, Saidakbar, Mirzaakbar, G‘aniakbar.