GOOGLE vikipedia
Google LLC Alphabet kompaniyasiga tegishli transmilliy korporatsiyadir. Amazon, Apple, Meta va Microsoft kompaniyalari bilan birgalikda „Katta Beshlik“ axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri hisoblanadi
Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda (u 70 % qidiruv soʻrovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga 50 million qidiruv soʻrovlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ayni vaqtda 8 milliarddan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google qidiruv tizimi 101 tadan ortiq tillarda soʻrovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq kompyuterlardan iborat (2004-yil avgust oyi maʼlumotlariga asosan).
Google qidiruv roboti tarkibida User Agent bor. User Agent — Googlebot(Qidiruv roboti) — bu sahifalarni tarkibini qidirishda indekslash uchun skaner qiluvchi asosiy robotlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari bu kabi bir qancha robotlar mavjud: — Googlebot-Mobile — mobil qurilmalar saytlarini indekslovchi robot; — Google Search Appliance (Google) gsa-crawler — yangi apparat-dasturiy kompleksi Search Appliance ning qidiruv roboti; — Googlebot-Image — rasmlarni indekslash uchun sahifalarni skaner qiluvchi robot; — Mediapartners-Google — sahifalar tarkibida uchrovchi AdSense boʻyicha skaner qiluvchi robot; — Adsbot-Google — AdWords boʻyicha skaner qiluvchi robot.
Soʻrovlar sintaksisi
Google interfeysi murakkab soʻrovlar tilidan tarkib topgan. Soʻrov jarayonida alohida domenlar, tillar, fayl turlari va hokazolar boʻyicha soʻrov sohasini yanada aniqroq boʻlishini taʼminlaydi. Masalan, „intitle:Google site:wikipedia.org“ soʻrovi Vikipediada mavjud boʻlgan mavjud tillardagi barcha maqolalarda, shuningdek sarlavhalarda Google soʻzi uchrovchi natijalarni koʻrsatadi. Ushbu murakkab va koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlgan soʻrov tili xakerlar tomonidan veb saytlarni tadqiq qilishda foydalanishi mumkin.Google 19-avgust 2004-yilda oʻz aksiyalarini fond birjasida sota boshladi. 1.67 mlrd. AQSh dollarilik 20 mln. aksiyalar sotilib ularning 1.2 mlrd. dollari Googlening oʻzida qoldi. 2005-yil noyabr oyining maʼlumotlariga qaraganda, Google aksiyalari narxi 400 AQSh dollaridan oshib ketdi (ular birjada dastlab 83 dollardan narxlangandi) va korporatsiyaning kapitalizatsiyasi 119 mlrd. dollarga teng boʻldi.