Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (37 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 37 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. iPhone 14 modellari o‘tgan haftada eng ko‘p diqqatini tortgan smartfonlar bo‘lgan edi. Bu hafta ham kuchli uchlikni iPhone 14 modellari tashkil qildi.
iPhone 14 Pro Max o‘zining “ukasi“ 14 Pro’ni quvib o‘tib birinchi o‘ringa chiqdi. iPhone 14 Pro ikkinchi, iPhone 14 esa uchinchi o‘ringa joylashdi.
iPhone 13 Pro Max’ni quvib o‘tgan Galaxy S22 Ultra to‘rtinchi pog‘onaga chiqib oldi. 13 Pro Max esa o‘tgan haftadagi beshinchi o‘rnini saqlab qoldi. Yangi modellar chiqib narxi tushgan ushbu modelga qiziqish hali ham so‘ngani yo‘q.
Galaxy A53 modeli oltinchi o‘rinni band etdi. iPhone 14 modellari ichida eng kam e’tiborni tortayotgan iPhone 14 Plus to‘rtinchi o‘rindan yettinchi o‘ringa tushib ketdi.
200 megapikselli kameraga ega bo‘lgan Motorola Edge 30 Ultra sakkizinchi o‘ringa joylashdi. Undan keyingi o‘rin Redmi Note 11 modeliga nasib etgan bo‘lsa, top o‘ntalikni iPhone 13 yakunlab berdi.
Apple iPhone 14 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Apple iPhone 14 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Apple iPhone 14
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy S22 Ultra
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A53 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Apple iPhone 14 Plus
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Motorola Edge 30 Ultra
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Xiaomi Redmi Note 11
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Apple iPhone 13
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 7